30/05/2019

Davlat statistika qo'mitasining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari A.Mamadjanov hamda Iste'mol va ishlab chiqaruvchilar narxlari statistikasi bo'yicha yig’ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo'limi boshlig’i Sh.Daliyev Davlat statistika qo'mitasi xodimlariga 2019 yil 28-29 may kunlari Nur-Sulton shahrida (Qozog’iston Respublikasi) o'tkazilgan “MDH davlatlari statistika xizmatlari ekspertlarining Xalqaro taqqoslash dasturi MDH 2017 yil uchun YAIM dezagregatsiyasi masalalari bo'yicha yig’ilish”dagi ishtiroki hamda olingan bilimlar va amalga oshirilishi zarur bo'lgan ishlar to'g’risida taqdimot o'tkazdi.

Taqdimot chog'ida MDHning Xalqaro taqqoslash dasturi uchun 2017 yilgi yalpi ichki mahsulotni taqsimlash masalalari muhokama qilindi va ma'ruzachilar tinglovchilar bilan xalqaro taqqoslash dasturi bo'yicha olingan bilimlarni o'rtoqlashdi.

Axborot xizmati