30/05/2019

Joriy yilning 30 may kuni Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan Davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma`lumotlar sohasidagi faoliyatini baholash mexanizmini joriy etish loyihasi muhokama qilindi.

Xususan, “Ochiq ma`lumotlar puxtaligi modeli” («Open Data Maturity Model») hamda boshqa xalqaro amaliyotlar asosida davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma`lumotlar sohasidagi faoliyatini baholash mexanizmini birgalikda joriy etishda hamkorlik qilish masalalari ko`rib chiqildi.

Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati