29/05/2019

2019 yilning 13 – 24 may kunlari Gruziya Respublikasining Tbilisi shahrida “Xalqaro investitsiya holati va to‘lov balansi statistikasini tuzish” bo‘yicha o`quv kursi tashkil etildi. Mazkur o‘quv kursida Davlat statistika qo‘mitasining Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Javlon Saipov tinglovchi sifatida ishtirok etdi.

Mazkur kurs Xalqaro valyuta jamg‘armasi statistika departamenti, Gruziya moliya vazirligi va Gruziya moliya vazirligi qoshidagi Akademiya hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, deyarli barcha MDH davlatlaridan vakillar qatnashdi.

Kursning asosiy maqsadi tashqi sektor statistikasini tuzishda uning asosiy tarkibiy qismlari to‘g‘risida keng tushunchalar berish hamda ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil etishda amaliy ko‘rsatmalar berishga qaratildi.

Axborot  xizmati