2019 yilning 21-22 may kunlari Bishkek shahrida (Qirg`iziston Respublikasi) bo`lib o`tgan “Sifatli iqtisodiy siyosat uchun sifatli ma`lumotlar” mavzusida hududiy konferensiya bo`lib o`tdi. Unda Davlat statistika qo`mitasi Raisining o`rinbosari Agzam Ikramov va Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig`i Xurshid Juraev ishtirok etishdi.
Mazkur konferensiyada Markaziy Osiyo mamlakatlari (Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston), shuningdek, Jahon banki, MDH statistika qo`mitasining ekspertlari qatnashdi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi mamlakatlar o`rtasida milliy tizimlarni takomillashtirish va modernizatsiya qilish bo`yicha o`zaro tajriba almashish, ma`lumotlarni shakllantirish va tahlil qilish o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik, shuningdek statistika sohasidagi oxirgi yutuqlarning ilg`or xalqaro tavsiyalarini o`rganish bo`ldi.
Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati