28/05/2019

Joriy yilning 28 may kuni Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Mazkur uchrashuvda O`zbekiston Respublikasining 2020 yildan boshlab «Ochiq ma`lumotlar global indeksi» va «Ochiq ma`lumotlar barometri» xalqaro reytinglarida ishtirokini ta`minlash uchun zarur bo`lgan ma`lumotlar to`plamlarini tayyorlash bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi.

 

Xususan, “Ochiq ma`lumotlar puxtaligi modeli” («Open Data Maturity Model») hamda boshqa xalqaro amaliyotlar asosida davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma`lumotlar sohasidagi faoliyatini baholash mexanizmini joriy etishni  birgalikda o`rganib chiqish borasidagi hamkorlik qilish masalalari ko`rib chiqildi.

Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati