2019 yilning 21-22 may kunlari Dushanbe shahrida Xalqaro energiya agentligi (IEA), BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning Yevropa Iqtisodiy komissiyasi tomonidan “Iqtisodiy siyosatni monitoring qilishda energetika statistikasi” bo’yicha seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirda O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasidan Energetika, energiyaning qayta tiklanadigan manbalari statistikasi va energosamaradorlik hisob-kitoblar sho`basi mudiri A.Abdullaev va Qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilar faoliyatini statistik kuzatuvlari bo`limi boshlig`i o`rinbosari A.Qodirovlar ishtirok etishdi.
Ushbu seminarda Xalqaro energiya agentligi vakillari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy komissiyasi ekspertlari va Armaniston, Ozarbayjon, Belorus Respublikasi, Ukraina, Qozog`iston, Qirg`iziston, Moldova, Tojikiston, Gruziya davlatlari statistika idoralarining mutaxassislari ishtirok etdilar.
Tadbirda energiya sohasida statistik ma'lumotlarni ishlab chiqarish, energiya balansini joriy etish va undan foydalanish muammolarini o'rganish va aniqlash, vazirlik va idoralar o'rtasida milliy darajada energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, xalqaro so’rovnomalarni to'ldirish bo'yicha olingan bilimlarni qo'llash va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo’llarini o’rganishga yo’naltirildi.
Axborot xizmati