Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan 2019 yilning 13-17 may kunlari Nevshatel shahrida (Shvetsariya) Gender statistikasi bo’yicha Ishchi sessiyasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirlarda O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari T.T.Maxamatov ishtirok etdi.
Tadbirlarda Sharqiy Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Albaniya, Amerika Qo’shma shtatlari, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Polsha, Germaniya, Vengirya, Irlandiya, Isroyil, Ispaniya, Italiya, Narvegiya, Qoratog’, Turkiya, Finlyandiya, Polsha, Meksika, Chili, Kanada, Slaveniya, Shvetsariya mamlakatlarining gender statistika sohasi bo’yicha mutaxassislari va statistika xizmatlari vakillari, shuningdek Yevropa komissiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika Boshqarmasi (UNSD), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va Taraqqiyot Konferentsiyasi (UNCTAD), BMTning aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA), BMT Ayollar uchun Evropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy bo'limi, Mustaqil davlatlar Hamdo'stligi Davlatlararo statistika qo'mitasi (MDH-STAT), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (YuNISEF), Jenevaning amaliy fanlar bo'yicha G'arbiy Shveytsariya universiteti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasining ekspertlari ishtirok etdilar.
Tadbirlar Gender statistikasi bo’yicha jarayonini qo’llab-quvvatlashda Gender statistikasiga oid ma'lumotlarni va ko’rsatkichlarni integratsiyalash va modernizatsiya qilish maqsadida oldindan qabul qilingan yoki rejalashtirilgan turli xalqaro, mintaqaviy va milliy tashabbuslarga, Gender statistikasi monitoringi va baholashda erishilgan yutuqlarga hamda Sharqiy Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasini, shuningdek Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo’llarini o’rganishga yo’naltirildi.
Axborot xizmati