24/05/2019

Joriy yilning 24 may kuni Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan ishchi uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Mazkur uchrashuvda, O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`lumotlar portalini yanada rivojlantirishning tashabbuslari muhokama qilindi.

Xususan, “Ochiq ma`lumotlar puxtaligi modeli” («Open Data Maturity Model») hamda boshqa xalqaro amaliyotlar asosida davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma`lumotlar sohasidagi faoliyatini baholash mexanizmini joriy etishni  birgalikda o`rganib chiqish borasidagi hamkorlik qilish masalalari ko`rib chiqildi.

 

 

Axborot xizmati