Joriy yilning 14-17 may kunlari Gresiyaning Afina shahrida Yevropa ittifoqi statistika byurosi (Yevrostat) tomonidan kichik hududlarni baholash mavzusida seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasidan Davlat statistika qo‘mitasi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Q.Berdiqulov va Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi U.Abdurasulovlar qatnashdi.
Shuningdek, seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Gruziya, Ukraina, Moldova, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston davlatlari milliy statistika idoralarining vakillari, Italiya milliy statistika instituti (ISTAT) o‘qituvchilari hamda Yevropa ittifoqi statistika byurosi ekspertlari ishtirok etdi.
Seminar kichik hududlarni baholash bo‘yicha xalqaro tajriba, yangi uslubiyatlar va zamonaviy modellarni o‘rganishga yo‘naltirildi hamda kichik hududlarni baholash yuzasidan R-dasturiy ta’minotdan foydalangan holda aniq misollar asosida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Axborot xizmati