21/05/2019

Joriy yilning 20 may kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Osiyo taraqqiyot bankining Bilim va texnik ko`mak: Rivojlanish uchun ma`lumot – Mamlakat ichida trening missiyasi expertlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda, Davlat statistika qo`mitasi va Osiyo taraqqiyot banki o`rtasidagi hamkorlik, korxonalarning statistic registri, Davlat statistika qo`mitasi veb-saytida informatsion panellar yaratish kabi masalalar muhokama qilindi. Bundan tashqari, Osiyo taraqqiyot banki expertlari joriy yilning 20 mayidan
31 mayiga qadar Davlat statistika qo`mitasida ma`lumotlarni vizuallashtirish va tarqatish, veb-saytda informatsion panellar yaratish kabi masalalar bo`yicha trening o`tkazmoqda.

Uchrashuv yakunida Osiyo taraqqiyot banki vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirdi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

Axborot xizmati