O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5656-son Farmoni, 2018 yil 21 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3553-son, 2019 yil 4 yanvardagi “elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4090-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining 2014 yil 14 fevraldagi 11-son buyrug`i bilan tasdiqlangan takomillashtirilgan Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
O`zgartirilgan ma`lumotnoma bilan rasmiy saytning “Statistik tasniflagichlar” bo`limi orqali tanishish mumkin.