15/05/2019

2019-yilning 8–10-may kunlari Tailandning Bangkok shahrida “Markaziy Osiyoda barqaror Rivojlanish Maqsadlari statistikasi sifatini oshirish va tadqiqotlarni kuchaytirish” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar BMTning Osiyo va Tinch Okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) tomonidan tashkil etildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasining notijorat tashkilotlari faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar bo‘limi boshlig‘i Х.Xasanov hamda Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi A.G‘afurov ishtirok etdi.

Shuningdek, seminarda Afg‘oniston, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi  hamda O‘zbekiston Respublikasi davlatlari statistika idoralarining mutaxassislari, BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, UN ESCAP, UN Women, FAO kabi xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Seminarda Markaziy Osiyoda Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlari ustida olib borilayotgan ishlar va amaliy tadbirlar haqida so‘z bordi va seminar qatnashchilari bilan o‘zaro fikr almashildi.

 

Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati