13/05/2019

Joriy yilning 13 may kuni Davlat statistika qo`mitasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligini ta`minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4273-sonli qarori doirasida O`zbekiston Respublikasining Ochiq ma`lumotlar portalida davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma`lumotlar to`plamlari ro`yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning o`z vaqtida aks ettirish yuzasidan tashkil etilgan Ishchi guruhining 3-yig`ilishi bo`lib o`tdi.

 

Mazkur yig`ilishda, mamlakatimizni vazirlik va idoralaridan 40 dan ortiq mas`ul xodimlari ishtirok etdi. Yig`ilish davomida “Ochiq ma`lumotlar global indeksi” va “Ochiq ma`lumotlar barometri” talablariga muvofiq, ma`lumotlarning ochiqligi holatini o`rganish, O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`lumotlar portalida tegishli indikatorlarni joylashtirish hamda ma`lumotlarning sifatini yaxshilash va sonini oshirish uchun mas`ul vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

 

Axborot xizmati