Joriy yilning 2 may kuni Davlat statistika qo`mitasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligini ta`minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4273-sonli qarori doirasida O`zbekiston Respublikasining Ochiq ma`lumotlar portalida davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma`lumotlar to`plamlari ro`yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning o`z vaqtida aks ettirish yuzasidan tashkil etilgan Ishchi guruhining ikkinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Mazkur yig`ilishda, mamlakatimizning vazirlik va idoralaridan 70 nafar mas`ul xodimlari ishtirok etdi.
Yig`ilish davomida “Ochiq ma`lumotlar global indeksi” va “Ochiq ma`lumotlar barometri” talablariga muvofiq, ma`lumotlarning ochiqligi holatini o`rganish, O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`lumotlar portalida tegishli indikatorlarni joylashtirish hamda ma`lumotlarning sifatini yaxshilash va sonini oshirish uchun mas`ul vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
Axborot xizmati