2019 yil 29 aprel kuni Davlat statistika qo`mitasida Milliy hisoblar zamonaviy tizimini statistika amaliyotiga joriy etish masalalari bo`yicha idoralararo ishchi guruhining yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Ushbu yig`ilishda Davlat statistika qo`mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Markaziy bankning vakillari ishtirok etdilar.
Yig`ilishni Davlat statistika qo`mitasining raisi B.Begalov ochib berdi hamda milliy hisoblar zamonaviy tizimini joriy etishning asosiy yo`nalishlariga to`xtalib o`tdi. Shundan so`ng, Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig`i A.Mamirov O`zbekistonda milliy hisoblar tizimining hozirgi holati bo`yicha yig`ilish qatnashchilariga taqdimot qildi. Taqdimotda yalpi ichki mahsulot qamrovini oshirish, “Milliy hisoblar tizimi – 2008” xalqaro standartining yangi qoidalarini amaliyotga joriy etish, Xalqaro taqqoslashlar dasturining navbatdagi global raundida ishtirok etish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.
Shuningdek, yig`ilishda idoralararo ishchi guruhi vakillari tomonidan O`zbekistonda milliy hisoblar tizimining hozirgi holati va muammoli masalalar muhokama qilindi hamda kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
Axborot xizmati