29/04/2019

Joriy yilning 27 aprel kuni “Davlat statistika qo`mitasi kubogi – 2019” mini-futbol musobaqasi bo`lib o`tdi. Mazkur musobaqa, Davlat statistika qo`mitasi, Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti hamda O`zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan kasaba uyushmasi qo`mitasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda qo`mitaning Markaziy apparati, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi hamda hududiy statistika boshqarmalari jamoalari o`zaro bellashishdi.

Bunday tadbirlar, o`z navbatida, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, jismonan baquvvat va ma`nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi. Shuningdek, qo`mita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, o`zaro hamjihatlik, birdamlik va do`stona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.

Mini-futbol musobaqasi yakunida g`oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg`alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

Mazkur mini-futbol musobaqasida Farg`ona viloyat statistika boshqarmasi jamoasi bosh sovrinni qo`lga kiritdi. Ikkinchi o`rinni Andijon viloyati statistika boshqarmasi va uchinchi o`rinni qo`mita markaziy apparati jamoalari egalladi.

Axborot xizmati