23/04/2019

2019 yilning 15-18 aprel  kunlari Jeneva (Shvetsariya) shaхrida Barqaror rivojlanish maqsadalri (BRM) sohasidagi ekspertlarning uchinchi yig’lishi va Barqaror rivojlanish maqsadlari sohasi statistikasi bo`yicha seminar bo`lib o`tdi. Yig’ilish va seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etildi.

Yig’ilish va seminarda 46 dan ortiq davlatlarning statistika idoralari mutaxassislari va 18 ga yaqin xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirlarda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig’i X.Murodxujayev ishtirok etdi.

Barqaror rivojlanish maqsadlari sohasidagi ekspertlar yig’ilishi va seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi davlatlar milliy statistika boshqarmalarining statistik salohiyatini oshirish hisoblanadi.

Ekspertlar yig’ilishi va seminarda BRM Global statistikasi bo`yicha ma'lumotlar oqimini muvofiqlashtirish, BRM statistikasini samarali tarqatish, statistika salohiyatini, shu jumladan BRM uchun oshirish, BRMning milliy indikatorlari, geografik joylashuv ma'lumotlari va usullaridan foydalanish, BRM uchun ma'lumotlarning dezagregatsiya qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

 Axborot xizmati