23/04/2019

2019 yilning 19 aprel kuni Surxondaryo viloyati Denov shahrida Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon Jo’raqulovich Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qabul o`tkazdi.

Mazkur sayyor qabulda viloyat statistika boshqarmasi tarmoq bo’limi boshliqlari, tuman va shahar statistika bo`limi boshliqlari, viloyatda faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari vakillari hamda jismoniy shaxslar ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan, Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon  Jo’raqulovich davlat statistika tizimida so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulayliklar hamda O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida"gi qonuniga muvofiq, davlat statistika organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, og’zaki va elektron murojaatlari uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar to’g’risida tushuntirishlar berdi.

Tadbirda ishtirok etgan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

 Axborot xizmati