22/04/2019

Joriy yilning 22 aprel kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv  bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda Davlat statistika qo’mitasi va Jahon banki o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, milliy statistika tizimini rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni qo’llab-quvvatlash kelishildi.

Uchrashuv yakunida Jahon banki vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.

 Axborot xizmati