18/04/2019

 Joriy yilning 17 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasida MDH davlatlarida "Bloomberg" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda, Davlat statistika qo'mitasi va "Bloomberg" kompaniyasi o'rtasida hamkorlik qilish, shuningdek, "Bloomberg" platformasida (O'zbekiston bo'yicha mamlakat statistikasi) statistik ma'lumotlarni joylashtirish bo`yicha masalalar muhokama etildi.

Missiya vakillari, uchrashuv davomida qo`yilgan barcha savollar bo`yicha to`liq javob va tushuntirishlar oldilar.

Uchrashuv yakunida "Bloomberg" kompaniyasi vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

Axborot xizmati