16/04/2019

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5594-son, 2019 yil 14 yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5630-son, 2019 yil 2 fevraldagi “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5653-son Farmonlari, 2019 yil 20 fevraldagi “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4198-son qarori ijrosini qarori ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining 2014 yil 14 fevraldagi 11-son buyrug`i bilan tasdiqlangan takomillashtirilgan Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

O`zgartirilgan ma`lumotnoma bilan rasmiy saytning “Statistik tasniflagichlar” bo`limi orqali tanishish mumkin.

Axborot xizmati