Davlat statistika qo'mitasi tomonidan sohani yanada rivojlantirish bo’yicha 2019 yil mart-iyun oylarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan “Yo'l xaritasi” doirasida iste'mol bozoridagi narxlarni ro'yxatga olish jarayonida elektron qurilma CAPI (Computer Assisted Personal Interviewing) planshet texnologiyasi joriy qilindi.
CAPI texnologiyasi so'rovda ishtirok etuvchi (narx registratori) respondentlarga (tovar va xizmat sotuvchilariga) savollar berib, olingan javoblarni noutbuk, smartfon yoki planshetda elektron shaklda qayd etadi. Ma'lumot yig'ish natijalari avtomatik tarzda ma'lumotlar bazasiga yig’iladi va tahlil qilish uchun beriladi. Ushbu texnologiyani joriy qilish narx ma'lumotlarini to'plashda vaqt va qog'oz sarfini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.
Mantiqiy nazorat qilish orqali qog'oz axborotidan ma'lumotlarni elektron ma'lumotlar bazasiga kiritish paytida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan mexanik xatolar sonini kamaytiradi, natijada iste'mol sektorida inflyatsiya darajasini hisoblashda va iste'mol bozoridagi narxlarni monitoring qilish uchun dastlabki ma'lumotlarni sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Mavjud uslubiy nizom asosida, Iste'mol narxlari indeksi (INI)ni shakllantrish uchun narxlar kuzatuvi har oyning 10-20 sanalarida o’tkaziladi. Shundan kelib chiqib, 2019 yil 10 apreldan boshlab, Toshkent shahar va Toshkent viloyat statistika boshqarmalarining narxlarni ro’yxatga oluvchi registratorlari tomonidan sinov tariqasida maxsus elektron qurilmalar (planshetlar) yordamida iste'mol narxlarining tanlanma kuzatuvlarini o'tkazish boshlandi.
Axborot xizmati