Joriy yil 8 aprel kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovichning BMTning Aholishunoslik bo`yicha jamg`armasining (UNFPA) aholini ro`yxatga olish masalalari bo`yicha xalqaro eksperti bilan bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Uchrashuv jarayonida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi PF-5655-son Farmoni va 2022 yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi.
BMTning Aholishunoslik jamg`armasining (UNFPA) aholini ro`yxatga olish masalalari bo`yicha xalqaro eksperti joriy yilning 8-19 aprel kunlari Davlat statistika qo`mitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan aholini ro`yxatga olish bo`yicha muhokama olib boradi.
Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.
Axborot xizmati