O`zaro mehr-oqibat, millatlaro ahillik, bag`rikenglik ramzi bo`lgan Navro`z - Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun eng suyukli bayram hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasida ham milliy qadriyat, urf-odat va an`analarimizni o`zida mujassam etgan Navro`z ayyomiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi. Unda Qo`mita Markaziy apparati va Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi xodimlaridan iborat ahil jamoa bahoriy taomlar bilan dasturxon bezashdi. Bayram dasturidan o`rin olgan qiziqarli chiqishlar, bahru bayt aytishuvlari va milliy sport turlari bo`yicha bellashuvlar bu yilgi Navro`z ayyomining yanada ko`tarinki ruhda o`tishini ta`minladi.
Axborot xizmati