Joriy yilning 2 aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalar va Jamoatchilik kengashi oldidagi vazifalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida Davlat statistikasi tizimida zamonaviy dasturiy ta’minot vositalaridan foydalangan holda sohalar va hududlar bo‘yicha respublikaning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ifodalovchi tahliliy ma’lumotlar, press-relizlar, dokladlar, statistik to‘plamlar, risolalar, nashrlar va boshqa turdagi statistik materiallarni tayyorlash va keng jamoatchilikka tarqatish borasidagi ishlar, xalqaro statistika tashkilotlari va moliya institutlari bilan o‘zaro hamkorlik va axborot almashuvi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.
Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga, mamlakat va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini aks ettiruvchi roliklarni tayyorlash va televideniyada yoritib borish, brifinglar, seminarlar, matbuot anjumanlari, davra suhbatlari va Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan boshqa tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Axborot xizmati