31/03/2019

2019 yil 28 mart kuni soat 11:00 da Jizzax Politexnika institutida “Milliy statistika tizimi: nazariya va amaliyot” mavzusida “Davra suhbati” bo`lib o`tdi.

Davra suhbatida Davlat statistika qo`mitasi vakillari, Jizzax viloyat statistika boshqarmasi xodimlari, shuningdek, Jizzax Politexnika instituti prorektori, professor o`qituvchilari, talabalari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida ta`kidlanganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 31 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori soha faoliyatini yangi bosqichga ko`tarish, statistika axborotlarini yig`ish, to`plash, saqlash, qayta ishlash hamda ularni Internet tarmog`i, ommaviy axborot vositalari va mahalliy telekanallar orqali keng tarqatishni yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Tadbirda, Davlat statistika qo`mitasi tizimida olib borilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar hamda Jizzax viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi natijalariga oid statistik ma`lumotlar va tahlillar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha savollarga Davlat statistika qo`mitasi vakillari va Jizzax viloyat statistika boshqarmasining tarmoq statistika bo’limlari xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Axborot xizmati