Davlat rahbari tashabbusi bilan ayni kunlarda barcha darajadagi rahbarlar o`zi tahsil olgan maktabi o`quvchilari uchun kitoblar jamlanmasini sovg`a qilib, o`quvchilarga ajoyib imkoniyat yaratishmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi rahbariyati ham ilm maskanlarida bo`lib, yosh avlod uchun kerakli bo`lgan kitoblarni o`quvchilarga sovg`a qilishdi.
Davlat statistika qo`mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich o`zi tahsil olgan Toshkent viloyati Bekobod shahridagi 11-umumiy o`rta ta`lim maktabiga doimiy tarzda 50 dan ortiq turli badiiy adabiyotlar hamda maktab o`quvchilari o`rganishi uchun kompyuter jihozlarini sotib olib, o`quvchilar uchun foydalanishga topshirib kelmoqda.
Begalov Bahodir Abdusalomovich Davlat rahbarining tashabbusini qo`llab-quvvatlagan holda ayni kunlarda o`zi o`qigan maktab o`qituvchisi Xayriniso Rasulovaning “Umr daftari” deb nomlangan kitobini 100 dan ortiq tirajda nashr ettirib, Bekobod shahridagi 11-umumiy o`rta ta`lim maktab kutubxonasi foydalanuvchilariga taqdim etdi.
Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasi Raisining birinchi o`rinbosari Mirusmanov Boxodir Mirhosilovich Namangan viloyatiga tashrifi mobaynida Namangan muhandislik qurilish instituti hamda yangiqo`rg`on tumanidagi 16-maktabga tashrif buyurib, 30 dan ortiq turli badiiy adabiyotlarni o`quvchilarga sovg`a qildi.
Davlat statistika qo`mitasi Raisi o`rinbosari Ziyadullaev Mahmudjon Djurakulovich Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahridagi 20-umumta`lim maktabiga tashrif buyurib, 30 ga yaqin turli badiiy kitoblar jamlanmasini maktab o`quvchilariga sovg‘a qildi.
.jpg)

Kitob sovg`a qilish aksiyasi davom etmoqda.
Davlat statistika qo`mitasi
Axborot xizmati