2019 yil 28 mart kuni soat 11:00 da Namangan muhandislik qurilish institutida “Milliy statistika tizimi: nazariya va amaliyot” mavzusida “Davra suhbati” bo`lib o`tdi.
Davra suhbatida Davlat statistika qo`mitasi vakillari, Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari, Namangan muhandislik qurilish instituti professor o`qituvchilari va talabalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda, Davlat statistika tizimida olib borilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar hamda Namangan viloyatining 2018 yil yakunlari bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi natijalariga oid statistik ma`lumotlar va tahlillar muhokama qilindi.
Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasi va Namangan viloyati statistika boshqarmasining mas`ul xodimlari tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan boshqa savollarga ham atroflicha javob qaytardilar.
Аxborot xizmati