O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi ayni kunlarda nafaqat yurtimizda, balki sharqona yangi yil sifatida boshqa mamlakatlarda ham keng nishonlanayotgan Navro`z umumxalq bayrami bilan barchani muborakbod etadi.
O`zaro mehr-oqibat, millatlararo ahillik, bag`rikenglik ramzi bo`lgan Navro`z - Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun eng suyukli bayram hisoblanadi. Ana shunday ezgu g`oyalarga mujassam bo`lgan Navro`zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!
Samimiy va chuqur hurmat ila, Davlat statistika qo`mitasi.