06/03/2019

Fasllar kelinchagi bo`lmish bahorning ilk kunlarida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami nafaqat yurtimizda balki xalqaro miqyosda keng nishonlanadi. Boisi, har qanday millat va davlatning taraqqiyoti, kelajagi bevosita onalarga bog`liq. Zero, har tomonlama sog`lom onalardan mamlakat uchun barkamol farzandlar dunyoga keladi. Shunday ekan, ona siymosi doimo alohida ehtirom va e`tiborda bo`lib kelgan.

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi 8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan mo``tabar ayollar, munis onaxonlar, dilbar opa-singillar, umuman, barcha xotin-qizlarni samimiy muborakbod etadi. Go`zal va betakror, sevgi-muhabbat va sadoqat timsoli bo`lgan ayollarga sihat-salomatlik, bahoriy kayfiyat, baxt-saodat hamda xonadonlarida tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka doimiy hamroh bo`lsin.

Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin aziz va mo``tabar onaxonlar, ayollar, opa-singillar!

Samimiy va chuqur hurmat ila,

Davlat statistika qo`mitasi jamoasi