O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5621-son, 2019 yil 1 fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5647-son, “O`zbekiston Respublikasi yoqilg`i-energetika tarmog`ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5646-son, 2018 yil 28 yanvardagi “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5643-son, 2019 yil 14 yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5630-son Farmonlari, 2019 yil 16 yanvardagi “Yog`-moy tarmog`ini yanada rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to`g`risida”gi PQ-4118-son, 2018 yil 4 sentyabrdagi “Qishloq xo`jaligi mashinasozligi tarmog`ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3929-son qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018 yil 29 dekabrdagi “Poytaxt bank” aktsiyadorlik jamiyatini ro`yxatdan o`tkazish va unga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish to`g`risida”gi 40/4-sonli qarori ijrosini statistika ishlarini bajarish jarayonida foydalaniladigan statistik klassifikatsiyalar tizimida ularning aks ettirilishini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining 2014 yil 14 fevraldagi 11-son buyrug`i bilan tasdiqlangan takomillashtirilgan Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
O`zgartirilgan ma`lumotnoma bilan rasmiy saytning “Statistik tasniflagichlar” bo`limi orqali tanishish mumkin.
Axborot xizmati