26/02/2019

Joriy yilning 26-fevral kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich bilan Albert Yeger boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg`armasi vakillari o’rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda, O`zbekistonda “Yig`ma ma`lumotlar milliy sahifasi”ning yuritilishi, milliy hisoblar tizimi, iste`mol narxlari indeksi bo`yicha masalalar muhokama etildi.


Missiya vakillari, uchrashuv davomida qo`yilgan barcha savollar bo`yicha to`liq javob va tushuntirishlar oldilar.

 

 

Uchrashuv yakunida Xalqaro valyuta jamg`armasi vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

Axborot xizmati