26/02/2019

2019 yilning 11-22 fevral kunlari Avstriyaning Vena shahrida Birlashgan Vena institutida “Tabiiy resurslarga boy mamlakatlarda makroiqtisodiy boshqarish” mavzusida o'quv kursi o'tkazildi.

Unda 10ta davlatdan (Ozarbayjon, Armaniston, Eron, Qozog`iston, Qirg’iziston, Rossiya, Ruminiya, Tojikiston, O’zbekiston, Shveytsariya) 29 ta  mutaxassislar ishtirok etdilar.

O'quv kursida O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo'limi boshlig’i – Zuхra Mamadjonova ishtirok etdi.

Mazkur ikki haftalik kursda tabiiy resurslarga boy mamlakatlarda makroiqtisodiy boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularni joriy qilish masalalari o'rganib chiqildi. Kurs dasturi ma'ruzalar, amaliy mashg’ulotlar, bahs-munozaralar va tajribaviy  masalalardan iborat bo'ldi.

 

Axborot xizmati