Joriy yilning 12-13 fevral kunlari Tbilisi (Gruziya) shahrida Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo statistika idoralari mutaxassislari uchun Xalqaro energiya agentligi tomonidan o‘quv kursi tashkil etildi. O‘quv kursida 10 mamlakat (Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Ukraina, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Gruziya) statistika idoralarining mutaxassislari hamda Yevrostat, Xalqaro energiya agentligi, EU4Energy dasturi mutaxassislari ishtirok etdi. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan – Energetika, energiyaning qayta tiklanadigan manbalari statistikasi va energosamaradorlik hisob-kitoblari sho’basi mudiri X.Jalilov qatnashdi. Shu munosabat bilan kurs davomida o’zlashtirilgan bilim va tajribalarni statistika tizimi xodimlariga etkazish maqsadida joriy yilning 22 fevral kuni Davlat statistika qo`mitasida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Davra suhbatida enegosamaradorlik statistikasi bo’yicha ma’lumotlarni tayyorlash, tahlil qilish va qayta ishlashda yetakchi davlatlar tajribasidan foydalanishning ahamiyati xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, Binolarning energosamaradorligini oshirish bo’yicha amalga oshirilgan yirik loyihalar to’g’risida va binolarning enegosamaradorligini aniqlash bo’yicha jahon tajribasida qo’llanilayotgan yangi usullar haqida ma’lumot berildi.
Davra suhbati jarayonida qo’mita xodimlari uchun qiziqarli bo’lgan barcha savollarga javoblar berib o’tildi.
Axborot xizmati