2019 yilning 12-13 fevral kunlari Tbilisi shahrida Binolarning energosamaradorligini oshirish bo’yicha forum tashkil etildi. Ushbu forum Xalqaro energiya agentligi (IEA) tomonidan tashkil etildi.
Forumda Evrostat, Xalqaro energetika forumi, Xalqaro energiya agentligi vakillari va 10 mamlakat (Armaniston, Ozarbayjon, Belorus Respublikasi, Ukraina, Qozog`iston, Qirg`iziston, Moldova, Tojikiston, Gruziya) statistika idoralarining mutaxassislari ishtirok etdi.
Mazkur forumda Davlat statistika qo`mitasining Energetika, energiyaning qayta tiklanadigan manbaalari statistikasi va energosamaradorlik hisob-kitoblar sho’basi mudiri Xusan Jalilov ishtirok etdi.
Forumda binolarning energosamaradorligini oshirish bo’yicha umumiy tushunchalarni oshirish, binolarning energosamaradorligi siyosati asoslarini o’rganish va binolarda energosamarador texnologiyalardan foydalanish siyosati masalalari ko`rib chiqildi.
Axborot xizmati