14/02/2019

Rasmiy statistika - har qanday davlat axborot tizimining muhim elementi bo'lib, hukumat, iqtisodiyot va jamoatchilikni iqtisodiy, demografik, ijtimoiy va ekologik vaziyat haqida ma'lumot beradi. Milliy statistika tizimlari Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish uchun mamlakatlarning rivojlanishini baholashda muhim rol o'ynaydi.

Bugun Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) O'zbekistonda xalqaro statistika standartlari va eng yaxshi amaliyotlarni amalga oshirish bo'yicha hisobot e'lon qildi.

Hisobot BMT YIKning O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi, Yevropa ittifoqining statistika xizmati (Eurostat) hamda Yevropa erkin savdo uyushmasi (EFTA)lar bilan hamkorlikdagi 2018 yilning otyabr-noyabr oylarida o’tkazgan o’rganishi natijasida tayyorlangan.

Hisobotda BMT YIKning statistika bo'yicha mintaqaviy maslahatchisi boshchiligidagi xalqaro tashkilotlarning ekspertlari guruhi tomonidan berilgan sharh va tavsiyalar mavjud. U uchta asosiy yo'nalishni qamrab oladi: Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistikasini asosiy prinsiplariga rioya qilish, institutsional masalalar va statistik faoliyatning asosiy yo'nalishlari, jumladan Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) statistikasi.

Xalqaro ekspertlar O'zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimining rivojlanish darajasiga yuqori baho berishdi. So'nggi yillarda statistik ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va xalqaro standartlarni joriy etish borasida katta sa'y-harakatlar amalga oshirildi. Ba'zi sohalarda xalqaro standartlar va eng yaxshi amaliyotlarning eng so'nggi andozalariga to'liq mos kelishini ta'minlash uchun ba'zi ishlar qilish kerak, lekin aksariyat jabhalarda islohotlar boshlangan va yaqin kelajakda bu o’z samarasini beradi albatta.

Xalqaro ekspertlar tomonidan aniqlangan eng katta muammo, bu - O'zbekistonda aholini ro’yxatga olishning so’ngisi 1989 yilda o'tkazgan. Aholini ro'yxatga olish iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlarni o'lchash uchun asosiy demografik ma'lumotlar manbai sifatida muhimdir. BRMga erishish jarayonini kuzatishda аvvalo aholining demografik ko’rsatkichlari muhim hisoblanadi. Shu bois, hisobotda keltirilgan 57 ta tavsiyalarning eng muhimlaridan biri, 2022 yilda bo’lib o’tadigan aholini ro'yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko'rish, yuqori saviyada tashkil etishga eng asosiy masalalardan biri sifatida e’tibor qaratish va to'liq qo'llab-quvvatlanishdir.

BMT YIK boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Davlat statistika qo'mitasi bilan ushbu samarali hamkorlikni rivojlantirishga umid qiladi. Hisobotda bayon etilgan tavsiyalarni amalga oshirish va O'zbekiston milliy statistika tizimini yanada mustahkamlash bo'yicha ishlarni amalga oshirishda hamkorligimiz zarur, bu borada chora-tadbirlar to'g'ri amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasida xalqaro statistika standartlari va ilg'or tajribalarni amalga oshirish bo'yicha birgalikda o’tkazilgan o’rganishni quyidagi manzilda ko’rish mumkin: Havola