12-14 fevral kunlari Toshkentda Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) bilan hamkorlikda MDH va arab davlatlari uchun AKT sohasi statistikasi bo'yicha amaliy seminar bo'lib o'tmoqda.
Unda XEI ning yetakchi mutaxassislari, Ozarbayjon, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Misr, Ummon, Sudan, Jibuti, Qatar, Nigeriya, Iroq, Mavritaniya, Jazoir davlatlari vakillari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi statistika qo'mitasi xodimlari – Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig’i J.Yuldashev, Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari – Ochiq ma'lumotlarni tarqatish va xalqaro axborot almashuv bo'limi boshlig’i A.Sultanov, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari – Aholining turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil etish bo'limi boshlig’i U.Madaminov ishtirok etishmoqda.
Amaliy seminar doirasida XEI ning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi statistikasi bo'yicha ma'lumotlarni yig’ish va qayta ishlash faoliyati bilan bog’liq barcha savollar ko'rib chiqilmoqda. AKT rivojlanish indeksi (IDI), indikatorlar va ularni hisoblash bo'yicha metodologiya va statistik ma'lumotlarni yig’ish sifatini oshirish va XEI ga taqdim etishga xizmat qiluvchi boshqa bir qancha foydali savollarga katta e'tibor qaratilmoqda.
Axborot xizmati