12/02/2019

2019 yilning 12 fevral kuni Davlat statistika qo`mitasining mutaxassislari tomonidan Xorazm viloyati tuman (shahar) statistika bo`limlari hodimlari uchun Iste`mol narxlari kuzatuvini tashkil etish hamda indekslarini hisoblash, shuningdek, o`rtacha iste`mol narxlarini halqaro standartlarga mos ravishda hisoblash va ushbu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag`ishlangan amaliy seminar o`tkazildi.

Seminarda Xorazm viloyati statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo`lim boshliqlari va narx kuzatuvlarini olib boruvchi registratorlar uchun iste`mol sektorida narxlarni ro`yxatga olish, kuzatuv joylarini tanlash, ulardagi o’rtacha narxlarni shaklantirish va  kelgusida zamonaviy qurilmalaridan y’ani planshetdan samarali foydalanish bo`yicha tegishli ko`rsatmalar berildi.

Axborot xizmati