Joriy yilning 11-fevral kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda Davlat statistika qo’mitasi va Jahon banki o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Jahon banki vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.
Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.
Axborot xizmati