O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari J.Qo`chqorov tomonidan tasdiqlangan 2019 yil I yarim yillikda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari uchun sayyor qabul reja-jadvaliga asosan, 2019 yilning 8 fevral kuni Farg`ona viloyati Marg’ilon shahrida Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon Jo’raqulovich Farg`ona viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qabul o’tkazdi.
Maskur sayyor qabulda viloyat statistika boshqarmasi tarmoq bo’limi boshliqlari, tuman va shahar statistika bo’limi boshliqlari, viloyatda faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari vakillari hamda jismoniy shaxslar ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan, Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon Jo’raqulovich davlat statistikasi tizimida so’ngi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilayotgan qulayliklar hamda O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida"gi qonuniga muvofiq, davlat statistika organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, og’zaki va elektron murojaatlari uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar to’g’risida tushuntirishlar berdi.
Tadbirda ishtirok etgan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Axborot xizmati