02/02/2019

2019 yilning 28-31 yanvar kunlari “Bolalar va majburiy mehnat ko‘rsatkichlarini tahlil etish bo‘yicha milliy imkoniyatlarni oshirish” mavzusida Italiyaning Turin shahrida trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur trening Xalqaro Mehnat Tashkilotining Xalqaro o‘quv markazi tomonidan tashkil etildi.

Treningda Davlat statistika qo‘mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i B.Shodiev ishtirok etdi.

Mazkur treningda bolalar va majburiy mehnat ko‘rsatkichlarining mazmuni, mohiyati, shakllantirilishi, manbalari va tahlil etish usullari kabi masalalar o‘rganildi.

 

Axborot xizmati