Joriy yilning 31 yanvar kuni Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti katta zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi PQ-4055-sonli Qarori ijrosi yuzasidan uy xo'jaliklari doirasida aholining tibbiy xizmatlarga bo'lgan xarajatlari bo'yicha kuzatuvlarni o'tkazish tartibi va savolnomani to'ldirilishi qoidalarini o'rgatish maqsadida seminar-trening o'tkazildi.
Ushbu seminar-treningda Davlat statistika qo'mitasi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalarining Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo'limi boshliqlari, intervyuerlari hamda Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish markaziy byurosi mutaxassislari ishtirok etdi.
Axborot xizmati