22/01/2019

Joriy yilning fevral oyidan boshlab Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududlarida tajriba usulida zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda iste`mol narxlari kuzatuvini olib borish

tartibi joriy etilmoqda. Shu munosabat bilan 2019 yilning 17 yanvar kuni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan Toshkent shahar tuman statistika bo`limlari hodimlari uchun Iste`mol narxlari kuzatuvini tashkil etish hamda indekslarini hisoblash, shuningdek, o`rtacha iste`mol narxlarini halqaro standartlarga mos ravishda hisoblash va ushbu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag`ishlangan amaliy seminar o`tkazildi. Bo`lib o`tgan tadbir davomida Toshkent shahar statistika boshqarmasi hamda tuman statistika bo`lim boshliqlari va narx kuzatuvlarini olib boruvchi registratorlar uchun iste`mol sektorida narxlarni ro`yxatga olish jarayonida planshet qurilmalaridan samarali foydalanish bo`yicha tegishli ko`rsatmalar berildi.

Axborot xizmati