12/01/2019

    Joriy yilning fevral oyidan boshlab Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududlarida tajriba usulida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda iste`mol narxlari kuzatuvini olib borish tartibi joriy etilmoqda.    

 Shu munosabat bilan 2019 yilning 11 yanvar kuni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan Toshkent viloyati tuman (shahar) statistika bo`limlari hodimlari uchun Iste`mol narxlari kuzatuvini tashkil etish hamda indekslarini hisoblash, shuningdek, o`rtacha iste`mol narxlarini halqaro standartlarga mos ravishda hisoblash va ushbu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag`ishlangan amaliy seminar o`tkazildi.

Seminarda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo`lim boshliqlari va narx kuzatuvlarini olib boruvchi registratorlar uchun iste`mol sektorida narxlarni ro`yxatga olish jarayonida planshet qurilmalaridan samarali foydalanish bo`yicha tegishli ko`rsatmalar berildi.

Axborot xizmati