2019 yilning 23-25 aprel kunlari Tailandning Bangkok shahrida Osiyo va Tinch okeani mintaqasida tabiiy ofatlar statistikasi: 1, 11 va 13-Barqaror Rivojlanish Maqsadlari ko'rsatkichlari uchun tabiiy ofatlar statistikasini takomillashtirish bo'yicha 6-ekspert guruhi kengashi bo’lib o’tdi. Mazkur kengash Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch Okeani bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) tomonidan tashkil etildi.
Uchrashuvda Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi, Notijorat tashkilotlari faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar bo’limi etakchi mutaxassisi Xudoyqulova Hurriyat ishtirok etdi.
Shuningdek, kengashda Tailand, Kamboja, Indoneziya, Filippin, Fiji, Vanuatu, Samoa, Turkiya, Vetnam, Bangladesh, Shri Lanka, Eron, Armaniston, Qozog’iston, Ozarbayjon, Xitoy, hamda O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va statistika qo’mitasi xodimlari , UN ESCAP, ESCAP-APDIM, UNISDR, UN Environment, UN Women, CIMA Research Foundation, AIT, UNFPA, GCDS, UNECE, ADPC kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Kengashda Osiyo va Tinch okeani mintaqasida tabiiy ofatlar statistikasi: 1, 11 va 13-Barqaror Rivojlanish Maqsadlari ko'rsatkichlari uchun tabiiy ofatlar statistikasini takomillashtirish bo'yicha masalalar muhokama qilindi.
Axborot xizmati