2019-yil 26-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Iqtisodiy jarayonlarning indeks tahlili” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar kafedrasi dotsenti G‘ayrat Ismoilov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – yurtimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkichlarni baholashda foydalaniladigan statistik indekslar bilan seminar ishtirokchilarini yaqindan tanishtirish.
Seminar davomida indekslarning tasniflanishi, har bir indeksning o‘ziga xos xususiyatlari hamda amaliyotda qo‘llanilishi borasida fikr almashildi.
Shuningdek, statistika amaliyotida statistik indekslarni qo‘llash borasida yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari batafsil muhokama qilindi.
Axborot xizmati