24/12/2019

2019-yil 23-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida shu yil 17–20-dekabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi hamda Statistika bo‘limi, Xalqaro energetika agentligi tomonidan “Energiya hisobi, ekologik-iqtisodiy hisob tizimini tuzish va siyosatni ishlab chiqishda energetika manbalaridan foydalanish” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminari natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Mazkur taqdimotda Davlat statistika qo‘mitasi Energetika, energiyaning qayta tiklanadigan manbalari statistikasi va energosamaradorlik hisob-kitoblar sho`basi mudiri Atham Abdullayev va Davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar portalida axborot resurslarini shakllantirish, yuritish va yangilash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig`i Sherzod Azizov xizmat safari davomida olgan ma'lumot va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Taqdimot davomida energiya sohasida statistik ma'lumotlarni ishlab chiqarish, energiya balansini joriy etish va undan foydalanish muammolarini o‘rganish va aniqlash masalalari bo‘yicha xalqaro tajribalar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Axborot xizmati