24/12/2019

Shu yil 13–20-dekabr kunlari yurtimizda birinchi marta ochiq ma'lumotlar haftaligi – “Open Data Week Uzbekistan – 2019” bo‘lib o‘tdi. 

Poytaxtimizda tashkil etilgan mazkur haftalik doirasida turli tadbir va uchrashuvlar, tanlovlar o‘tkazildi. Jumladan, “Open Data Day Tashkent – 2019”, “Open Data Challenge” xakatoni, “Data jurnalistika” bo‘yicha tanlov, “Biznes, tadqiqot va ijtimoiy innovatsiyalar uchun ochiq ma'lumotlar” mavzusida seminar-trening, davlat sektorida ma'lumotlarni boshqarish bo‘yicha o‘quv seminari, ochiq ma’lumotlar, standartlar va ma'lumotlarni anonimlashtirish hamda ma'lumotlarni boshqarish strategiyasi bo‘yicha master-klasslar tashkil etildi.

“Open Data Week Uzbekistan – 2019” haftaligi doirasidagi tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Jahon banki, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va BMTning Taraqqiyot Dasturi qo‘llab-quvvatlashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi ishtirokida o‘tkazildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech