Sizni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2019-yil 25-dekabr kuni soat 11:00da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida yil yakunlariga bag‘ishlangan “Statistik ma'lumotlarning haqqoniyligi, ishonchliligi va ularning ochiqligini ta'minlash borasida milliy statistika tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi vazifalar” mavzusida tashkil etiladigan matbuot anjumanida ishtirok etish uchun taklif etamiz!
Agar Sizda mazkur mavzu yuzasidan batafsil ma`lumotga ega bo`lish hamda qo`mita faoliyatiga doir o`zingizni qiziqtirgan savollar bo`lsa, unda marhamat. Biz Siz bilan doimo muloqot qilishga tayyormiz.
Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati