23/12/2019

2019-yil 17–20-dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi hamda Statistika bo‘limi, Xalqaro energiya agentligi tomonidan “Energiya hisobi, ekologik-iqtisodiy hisob tizimini tuzish va siyosatni ishlab chiqishda energetika manbalaridan foydalanish” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Xalqaro energiya agentligi vakillari, BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning statistika bo‘limi hamda Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Ukraina, Qozog`iston, Qirg`iz, Moldova, Tojikiston, Gruziya davlatlarining statistika va energetika idoralari mutaxassislari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Energetika, energiyaning qayta tiklanadigan manbalari statistikasi va energosamaradorlik hisob-kitoblar sho`basi mudiri Atham Abdullayev va Davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar portalida axborot resurslarini shakllantirish, yuritish va yangilash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig`i Sherzod Azizov qatnashdi.

Tadbirda energiya sohasida statistik ma'lumotlarni ishlab chiqarish, energiya balansini joriy etish va undan foydalanish muammolarini o‘rganish va aniqlash bo‘yicha so‘z yuritilib, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, seminar davomida vazirlik va idoralar o‘rtasida milliy darajada energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ekologik-iqtisodiy hisob tizimini joriy qilish, xalqaro so‘rovnomalarni to‘ldirish bo‘yicha olingan bilimlarni qo‘llash va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘llari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech